MUTQINمُتْقِن
📖 Arab tili · C2 tayyorgarlik marafoni

60 kunda arab tilida
eng yuqori pog'onaga التنال (AT-TANAL) imtihonida C2 — المُتقِن daraja sari

Bu yo'lni sizdan yashirmayman — har kunimni, har bir xatoyimni va o'sishimni ochiq ko'rsatib boraman. Chunki yolg'iz yurgandan ko'ra, birga yurganda manzil yaqinroq bo'ladi.

مَعًا نَحْوَ الإِتْقَان
Birga mahorat sari

— Ustoz Sherzod Ahmad, marafon asoschisi

🗓 5-avgust — 3-oktabr⏱ Kuniga 1–2 soat🎯 Har ko'nikmada 85%+📲 @SherzodAhmad

🎁Avval BEPUL sinab ko'ring — to'liq MOCK imtihon

Pul to'lashdan oldin darajangizni aniq bilib oling: haqiqiy AT-TANAL qolipidagi to'liq mock — 5 mahorat, 150 ball. Yakunida esa shaxsiy MOCK-sertifikat olasiz.

⚡ 3 qadam — 2 daqiqada boshlaysiz

  • 1️⃣Google bilan kiring — ro'yxatdan o'tish, parol yo'q: bitta tugma.
  • 2️⃣Boshlang'ich MOCK (M0) ni ishlang — Qiroa, Istima' (studiya audiosi bilan), Qovaid, Kitaba, Tahaddus. Javoblar avtomatik tekshiriladi, har xatoga izoh beriladi. Insho va nutqingizni esa AI bepul tahlil qiladi — demo mockda bu hammaga ochiq.
  • 3️⃣Sertifikatingizni oling — ball, daraja (B1/B2/C1...) va mahoratlar kesimi bilan. Rasm qilib yuklab oling, do'stlaringizga ulashing.

Demo — marafonning 0- va 1-kunlari. Karta so'ralmaydi, majburiyat yo'q. Yoqsa — qo'shilasiz.

📜 Yakunida shu sertifikatni olasiz

MOCK sertifikat namunasi

Har yakshanba mockidan keyin yangisi — o'sishingiz sertifikatma-sertifikat ko'rinib boradi.

🔥Nega bu marafonga asos soldim?

Sertifikat uchun emas — ilm uchun. Lekin yo'ldagi bekatlardan ham o'tib qo'yamiz.

Ochig'ini aytsam, men hayotim davomida birorta tilni ham, fanni ham «sertifikat olish uchun» o'rganmaganman. Biror sohaga kirishar ekanman, meni ilmning o'zi, o'rganish jarayonining rohati tortadi. Lekin bu — sertifikat kerak emas, degani emas: u bugungi zamonning talabi. Tilni chindan puxta egallagan odam esa kerakli tayyorgarlikni ko'rib, sertifikatini ham bemalol oladi, deb ishonaman.

Shu paytgacha CEFR va AT-TANAL imtihonlarini deyarli tayyorgarliksiz topshirib keldim. Tinglash va o'qishda eng yuqori natijaga — 75/75 ga chiqdim. Gapirish va yozishda esa kam mashq qilganim bilinib qoldi: aynan shu ikki mahoratda ballarim biroz pastroq bo'ldi.

Men uchun bosh maqsad — tilni puxta o'rganish; sertifikat esa shu yo'ldagi kichik bir bekat, xolos. Endi o'sha bekatdan ham o'tib qo'yishga qaror qildim: AT-TANALda eng yuqori daraja — C2 (المتقن). Doimiy ishim va boshqa darslarim borligini hisobga olib, rejani 60 kunga — har kuni oz-ozdan, lekin tizimli shug'ullanadigan qilib tuzdim. Va bu yo'lni yolg'iz emas, sizlar bilan birga bosib o'tishni reja qildim.

🎧📖
75/75
CEFR: tinglash va o'qish
🏅
C1
AT-TANAL · deyarli tayyorgarliksiz
1–2 soat
Kuniga — oz-ozdan, tizimli
🎯
C1 → C2
60 kunlik manzil

🤝 Bu yo'lda men — ustoz emas, hamrohman

O'zim ham C2 ga tayyorlanaman va butun jarayonni ochiq olib boraman: har kuni nima o'qiganim, nima yozganim, qayerda qoqilib, nimani tuzatganimni ko'rsataman.

Sizga esa yo'l izlab vaqt yo'qotish shart bo'lmaydi — tayyor reja, kunlik tartib va bir-birini qo'llaydigan jamoa bilan yurasiz. Birga boshlaymiz, birga yakunlaymiz.

🏅 AT-TANAL · C1 · 72,67% 🎧 CEFR tinglash · 75/75 📖 CEFR o'qish · 75/75 ✍️ Yozuv va nutq · endi navbat shularda

🔴MOCK — marafonning yuragi: har yakshanba to'liq imtihon

60 kunda 11 ta to'liq At-Tanal imtihoni. Har biri haqiqiy tartibda — Qovaid → Qiroa → Istima' → Tahaddus → Kitaba — 150 ball, ~3 soat.

M0 · 4–5 avg №1 · 9-avg №2 · 16-avg M20 · 23-avg №3 · 30-avg №4 · 6-sen M40 · 13-sen №5 · 20-sen №6 · 27-sen GEN · 2-okt M60 · 3-okt

🧪 Imtihon rejimida — o'yin emas

  • 🔒Alohida imtihon sahifasi: boshlagach boshqa testlarga o'tib bo'lmaydi, chiqishning yagona yo'li — «Tugatish». Ishlanmagan savol 0 ball — oldindan ogohlantiriladi.
  • 🎧Istima' — studiya audiosi: matn ko'rinmaydi, umumiy vaqt ichida qayta-qayta eshitish mumkin — imtihondagidek.
  • 📜Har mockdan keyin sertifikat: ball, daraja (B1/B2/C1...) va besh mahorat kesimi. Xatolar esa izohi bilan «Xatolar daftari»ga tushadi.
  • 📈M0 · M20 · M40 · M60 — to'rt o'lchov nuqtasi: o'sishingiz taxminda emas, raqamda ko'rinadi.
MOCK sertifikat namunasi

Har mock yakunida — shu ko'rinishdagi shaxsiy MOCK-sertifikat: ulashish, rasm, chop etish.

🗓Marafon qanday o'tadi?

Oddiy va qat'iy ritm: yakshanbadan boshqa har kun — 2 soatlik kunlik dars, har yakshanba — to'liq MOCK imtihon (150 ball, imtihon rejimida).

⏱ Har kungi tartib (2 soat)

  • 🧠Anki (15 daq) — kunlik lug'at qutisi: imtihon iboralari.
  • 📝Kunlik test (25 daq) — Qiroa 6 · Istima' 4 · Qovaid 15 savol, avto-tekshiruv va har xatoga izoh.
  • 🎧Istima' 1-qism mock (10 daq) — imtihon uslubidagi qisqa dialog, studiya audiosi bilan.
  • ✍️Yozuv yoki nutq (25 daq) — kun almashib: insho (100→150→200 so'z) yoki tahaddus (karkas bilan).
  • 📚Kitob bloki (30 daq) — bugun o'qilgan qoida o'sha kungi testda so'raladi.
  • 📔Xatolar daftari (15 daq) — oxirgi hafta to'liq shu daftarga quriladi.

🔴 Har yakshanba — MOCK, jami 11 ta

Haqiqiy AT-TANAL qolipida: Qiroa 3 juz' · Istima' 3 juz' (studiya audiosi) · Qovaid 30 savol (savoliga 1 daqiqa, avtomatik o'tish) · Kitaba 3 insho · Tahaddus 6 savol (savol faqat audioda).

M0 · M20 · M40 · M60 — to'rt o'lchov nuqtasi: bir xil qolip, to'rt ball yonma-yon — o'sishingiz raqamda ko'rinadi. Har mockdan keyin xatolar tahlili va shaxsiy MOCK-sertifikat.

Hammasi shaxsiy kabinetda: telefonda boshlab, kompyuterda davom ettirasiz — natijalar hisobingizda saqlanadi.

🧭8 haftalik yo'l xaritasi

Har hafta bitta grammatik qatlam kitobdan o'rganiladi va o'sha haftaning testlarida so'raladi. Hafta yakuni — yakshanba MOCKi.

1

✍️ Imlo: hamza I

Eng ko'p ball ketadigan joydan boshlaymiz: همزة الوصل والقطع, o'rta va oxirgi hamza — qoidalar kitobdan, mashqlar kunlik testlarda.

🔴 Yakshanba: MOCK №1 (9-avgust)
2

✍️ Imlo yakuni → Nahv boshlanishi

Hamza oilasini yopamiz, المنادى va الأفعال الخمسة ga kirishamiz.

🔴 Yakshanba: MOCK №2 (16-avgust)
3

📗 Nahv I + 🔴 M20 o'lchovi

الممنوع من الصرف, munado, af'oli xamsa — imtihonda eng ko'p so'raladigan boblar. Yakshanba — ikkinchi o'lchov: M0 bilan solishtirasiz.

✅ M20 − M0 = ko'ringan o'sish
4

📗 Nahv II + tinish belgilari

العدد, manqus/maqsur ismlar va tarqim qoidalari — imlo kitobi shu yerda to'liq tugaydi.

🔴 Yakshanba: MOCK №3 (30-avgust)
5

📚 Sarf + eng ko'p uchraydigan xatolar

Vazn, masdar, ism foil/maf'ul; معجم الأخطاء الشائعة — alifbo emas, chastota tartibida: 1–60-moddalar.

🔴 Yakshanba: MOCK №4 (6-sentabr)
6

📕 Xatolar 61–120 + 🔴 M40 o'lchovi

Nahv takrori bilan birga. Yakshanba — uchinchi o'lchov: uch ball yonma-yon, qaysi mahorat orqada — aniq ko'rinadi.

✅ Zaif mahoratga alohida reja
7

📘 Balog'a: tashbih va isti'ora

C1 dan C2 ga ko'taradigan qatlam — البلاغة الواضحة dan bayan bo'limi, misollar imtihon matnlarida.

🔴 Yakshanba: MOCK №5 (20-sentabr)
8

📔 Shaxsiy daftar + yakun

Yangi kitob ochilmaydi — faqat o'z xatolaringiz. MOCK №6, imtihon arafasi generalkasi va yakuniy M60 o'lchovi.

💎 M0 → M60: to'rt sertifikat yonma-yon

📚Asosiy qo'llanmalar

Marafon shu manbalar atrofida quriladi — javonimizni birga yig'amiz. Har bir kitobdan qanday va qaysi haftada foydalanishni guruhda ko'rsatib boraman.

جامع الدروس العربية muqovasi
جامع الدروس العربية
Jome' ad-durus al-arabiyya
Mustafo al-G'aloyiniy
Nahv va sarf bo'yicha asosiy ma'lumotnoma — grammatik mezon.
النحو التطبيقي muqovasi
النحو التطبيقي
An-Nahv at-tatbiqiy
Xolid Abdulaziz
Nahvni mashqlar orqali mustahkamlaydi — imtihonning tarkiblar bo'limiga bevosita tayyorlov.
البلاغة الواضحة muqovasi
البلاغة الواضحة
Al-Balog'a al-vozeha
al-Jorim va Mustafo Amin
Uslub va balog'at; mashq va javoblari bilan — C2 uslub dvigateli.
قواعد الإملاء والترقيم muqovasi
قواعد الإملاء والترقيم
Qovaid al-imlo va-t-tarqim
Abdussalom Horun
Imlo va tinish belgilari — yozuvda eng ko'p ball shu yerda yo'qoladi.
معجم الأخطاء الشائعة muqovasi
معجم الأخطاء الشائعة
Mu'jam al-axto' ash-shoi'a
Muhammad al-Adnoniy
Keng tarqalgan xatolar lug'ati — kunlik "til tozalash" uchun.
النظرات muqovasi
النظرات
An-Nazarot
al-Manfalutiy · Hindawi
Insho uslubining oltin namunasi — ko'chirib yozib, uslubni o'zlashtirasiz.
A Frequency Dictionary of Arabic muqovasi
A Frequency Dictionary of Arabic
Chastota lug'ati — 5000 asosiy so'z
Buckwalter · Parkinson (Routledge)
Eng ko'p ishlatiladigan so'zlar misollar bilan — lug'atni to'g'ri tartibda boyitish uchun filtr.
Anki ilovasi
Anki
Lug'at va iboralar bazasi
Bepul ilova
Yangi so'z emas, tayyor iboralar yodlanadi — nutqqa darhol ko'chadigan tarzda.

Ixtiyoriy qo'shimcha: «الأيام» (Toha Husayn, Hindawi) — ravon o'qish uchun.

🎟Qo'shilish darajalari

Uch xil hamrohlik — oddiy kuzatishdan to shaxsiy tahlilgacha. Materiallar bepul topiladi; siz aslida tizim, tartib-intizom va jamoa uchun qo'shilasiz.

🎁Kuzatuvchi + Demo
المُشاهِد
Avval bepul sinab ko'rmoqchi bo'lgan har bir kishi uchun
Bepul

  • 🧪BEPUL demo MOCK (M0) + marafonning 1-kuni — kabinetda, avto-tekshiruv bilan
  • 📜Shaxsiy MOCK-sertifikat: ball, daraja va mahoratlar kesimi
  • 📣Kanalda kundalik ochiq yozuvlar va qisqa darslar
  • 📊Marafon yakunidagi to'liq ochiq tahlil
🎁 Demoni ochish — bepul

Kanal: @SherzodAhmad

✍️Ishtirokchi
المُشارِك
Birga tayyorlanmoqchi bo'lgan har kim (daraja cheklovi yo'q)
299 00089 000 so'm · 2 oy

  • 💻Shaxsiy kabinet: 60 kunlik testlar, har yakshanba to'liq MOCK, avto-tekshiruv va har xatoga izohli tahlil
  • 🎧Istima' va tahaddus — studiya audiosi bilan, imtihondagidek
  • 📜Har MOCKdan keyin shaxsiy sertifikat — o'sish sertifikatma-sertifikat ko'rinadi
  • 👥Yopiq jamoa (Telegram guruh) va peshqadamlar jadvali
  • ✍️Yozish maydoni: mock ichida ham, haftalik insho ham — o'z-o'zini baholash rubrikasi va audio-yozuvni qayta eshitish bilan
  • 🧠Umumiy Anki iboralar to'plami
  • 🎥Haftalik jonli efir va savol-javob
Qo'shilish — @Sherzod_Ahmad
💎Mumtaz
مُمتاز
Faqat C1 va kuchli B2 uchun · shaxsiy tahlil bilan
990 000390 000 so'm · 2 oy

  • Ishtirokchidagi barcha imkoniyatlar
  • 🖋Yozish va gapirish tahlili: haftalik insholaringiz (1–8) AI + Ustoz Sherzod Ahmad tomonidan tekshiriladi
  • 🎤Mock ichidagi insho va tahaddus javoblaringiz ham AI tahlilidan o'tadi
  • 🤝Marafondan so'ng jamoaga qo'shilish imkoniyati
  • 🎓Yakunda jonli uchrashuv va esdalik guvohnomasi
  • 🎁Dastlabki 10 kishiga: shaxsiy daraja tahlili
  • 🔒Faqat 20 o'rin
Ariza qoldirish

💳Narx bosqichlari

Birinchi guruh eng arzon qo'shiladi, chunki aynan ular marafonning ilk natijalari va tavsiyalarini yaratadi. Narx bosqichma-bosqich ko‘tarilib bordi; chegirma oynalari yopilgan va hozir faqat chegirmasiz, to‘liq narx amal qiladi.

📅 Muddat
✍️ Ishtirokchi
💎 Mumtaz
22–24 iyul ERTA QABUL
89 000
390 000
25–28 iyul
119 000
490 000
29–31 iyul
139 000
590 000
Hozir · chegirmasiz
299 000
990 000

👥 Do'stingiz bilan birga qo'shilsangiz, ikkovingizga qo'shimcha −15% chegirma qo'llanadi. 💳 To'lov: Payme, Click yoki Uzum.

🎯Kimlar uchun — va Mumtaz sharti

🟢 Ochiq: Kuzatuvchi va Ishtirokchi

Darajangizdan qat'i nazar qo'shilaverasiz. Boshlang'ich bo'lsangiz ham marafonning tizimi, jamoasi va kundalik intizomi siz uchun ishlaydi. B1 va undan yuqori daraja tavsiya etiladi, ammo shart emas — eng muhimi, muntazam mehnatga tayyorlik.

🔒 Cheklangan: Mumtaz (C1 / kuchli B2)

Bu darajada inshoyingiz shaxsan tahlil qilinadi. Guruh bir xil saviyada bo'lsa, tahlil aniq bo'ladi va natija tez ko'rinadi. Kirish uchun ikki yo'ldan biri: B2+/C1 sertifikat taqdim etasiz yoki qisqa kirish imtihonidan o'tasiz.

🏆60 kun so'ngida nimaga erishasiz?

✍️Yozuvda barqaror sakrash — imlo, tinish va uslub xatolari tizimli kamayadi; insho balingiz 16 dan 26 sari harakatlanadi.
🧠Faol lug'at boyligi — kundalik iboralar orqali 800 dan ortiq jonli birikma nutqingizga va yozuvingizga o'tadi.
Imtihon ko'nikmasi — 11 ta to'liq MOCK (har yakshanba + 4 o'lchov) orqali vaqt bosimi ostida ishlash odatga aylanadi.
🔗Uzilmas intizom — jamoa va kundalik nazorat sizni 60 kun davomida yo'ldan chiqarmaydi.

📜Marafon qoidalari

Ko'p beriladigan savollar

📘Darajam past — qo'shila olamanmi?

Ha, albatta. Kuzatuvchi va Ishtirokchi darajalari hamma uchun ochiq. Faqat Mumtaz darajasi (shaxsiy tahlil bilan) C1 va kuchli B2 uchun. Boshlang'ich bo'lsangiz, Ishtirokchi sifatida jamoada tayyorlanib, keyingi marafonda Mumtazga o'tasiz.

Kunlik vaqtim kam — 1 soat yetadimi?

Reja kuniga 2 soatga mo'ljallangan, lekin birinchi to'rt blok (Anki, kunlik test, istima' mock, yozuv/nutq) — 75 daqiqa atrofida: vaqt tig'iz kunlarda shu o'zak yetadi, kitob va daftar bloklarini bo'sh kunga surasiz. Yakshanba faqat MOCK — boshqa vazifa yo'q.

📅Bir-ikki kun o'tkazib yuborsam-chi?

Hech qisi yo'q — biz mukammallikni emas, davomiylikni qadrlaymiz. Kabinetdagi testlar hisobingizda saqlanadi: qoldirgan kuningizni keyin ham ishlaysiz. Faqat yakshanba MOCKini qoldirmaslikka harakat qiling — o'lchov aynan o'sha yerda.

📜Sertifikat va guvohnoma rasmiymi?

Har MOCKdan keyingi sertifikat — mashq natijasi hujjati: ball, daraja va mahoratlar kesimi bilan (rasmiy emas, lekin o'sishingizning aniq o'lchovi). Marafon yakunidagi esdalik guvohnomasi jonli uchrashuvda topshiriladi. Rasmiy AT-TANAL imtihoni alohida topshiriladi — marafon unga tayyorlaydi, o'rnini bosmaydi.

🎯Natija kafolatlanadimi?

Samimiy aytaman: yo'q. Men sizga aniq tizim, tartib-intizom va chin ko'ngildan tahlil beraman — qolgani mehnatingizga bog'liq. Sizga bal sotmayman, yo'l ko'rsataman. Bu ochiqlikni qadrlaydiganlar uchun marafon.

💳To'lovni qanday amalga oshiraman?

Payme, Click yoki Uzum orqali. @Sherzod_Ahmad manziliga yozing — to'lov havolasi va qo'shilish tartibini yuboraman.

✨ Yozuv va nutqni ham kuchli tomonimizga aylantiramiz

Oldingizda 60 kun, bir jamoa va aniq tizim turibdi. Erta qabul bosqichlari yakunlandi — endi faqat chegirmasiz, to‘liq narx amal qiladi. Marafon 5-avgustda boshlanadi. Keyingi marafon esa keyingi yilgina bo'ladi — shu bois qaroringizni bugun qiling.

📲 @Sherzod_Ahmad — hoziroq yozing

Yoki avval 🎁 bepul demo MOCKni ishlab, darajangizni bilib oling.